Kuzatuvchi » Siyosiy » DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024-yildagi 201-son qarori bilan Eksportga moʻljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Sertifikat (Certificate for the export of sprouts or seeds intended for the production of sprouts for human consumption) iste’mol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlar eksporti uchun beriladi.

Iхtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi Oʻzbekiston bojхona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanmagan urugʻlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Urugʻlarni sertifikatlashtirish ishlari Qishloq hoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Nizom quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

  • urugʻlarni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish tartibi va ularni sertifikatlashtirish shartlari;
  • Agentlikning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza berish va uni

koʻrib chiqish tartibi;

  • rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi.

 

 

Muxayyo MATKARIMOVA, 

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

БОЛА ПАРВАРИШИ ТАЪТИЛИДА БЎЛГАНЛИК ДАВРИ ҚАНДАЙ АНИҚЛАНАДИ?

personmaftuna 03-08-24, 01:59
0 БОЛА ПАРВАРИШИ ТАЪТИЛИДА БЎЛГАНЛИК ДАВРИ ҚАНДАЙ АНИҚЛАНАДИ?

Болани парваришлаш таътилида бўлиш даври қуйидаги даврларни ташкил этади: -1 йил — 1971 йил 1 январдан 1983 йил 1...

TALABALARGA TURAR-JOY IJARASI UCHUN PUL BERILADI

personmaftuna 12-12-24, 02:18
0 TALABALARGA TURAR-JOY IJARASI UCHUN PUL BERILADI

Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan...

“TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI

personmaftuna 23-06-24, 23:46
0 “TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI ISHGA TUSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 30.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan...

menu
menu