Kuzatuvchi » Siyosiy » NECHA YOSHDAN OILAVIY BOLALAR UYI TASHKIL QILISHGA RUXSAT ETILADI?

NECHA YOSHDAN OILAVIY BOLALAR UYI TASHKIL QILISHGA RUXSAT ETILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan imzolangan “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-185-sonli Qonuni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan boshlab Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) uch yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravarigacha miqdorida moddiy yordam beriladi.

Bunda agar bolalar egizak bo‘lsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish shakllari bo‘yicha:

- oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat to‘liq oila bo‘lishi talabi bekor qilinadi hamda 30 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;

- oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida e’tirof etiladi hamda ularga o‘z majburiyatlarini boshqa shaxslarga yuklashiga yoxud uchinchi shaxslarni jalb qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;

- tutingan (foster) oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yashash xarajatlari, shuningdek, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar tarbiyalanuvchilar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarini tamomlaguniga qadar saqlab qolinadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

ИСТИҚБОЛЛИ КАДРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ БЎЙИЧА “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ”

personmaftuna 05-06-25, 13:50
0 ИСТИҚБОЛЛИ КАДРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ БЎЙИЧА  “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Иқтидорли мутахассисларнинг хорижда таълим олишини қўллаб-қувватлаш, уларда касбий кўникмаларини ривожлантириш ва...

OILAVIY NIZOLARNI KO'RISH BO‘YICHA IXTISOSLASHTIRILGAN

personmaftuna 24-01-24, 03:06
0 OILAVIY NIZOLARNI KO'RISH BO‘YICHA IXTISOSLASHTIRILGAN “OILA SUDYALARI” TASHKIL ETILADI

“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI

personmaftuna 30-05-24, 10:56
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan...

menu
menu