Kuzatuvchi » Siyosiy » MAISHIY CHIQINDILARNI QAYTA ISHLAYDIGAN 8 TA ZAVOD QURILADI

MAISHIY CHIQINDILARNI QAYTA ISHLAYDIGAN 8 TA ZAVOD QURILADI

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi. Bu zavodlar Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari ishtirokida 11 hududda, jami 1,28 mlrd AQSh dollari qiymatidagi loyihalar asosida barpo etiladi. Zavodlar yillik 4,7 mln tonna chiqindini qayta ishlash orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi va poligonlar sonini besh barobarga qisqartiradi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Loyihalarga ko‘ra, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida zavodlar qurilib, 2026-yilda ishga tushiriladi. Bu loyihalar orqali 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, 152 mln m³ tabiiy gaz va 2,4 mln tonna issiqxona gazlarining kamayishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu hamkorliklar sirkulyar iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va aholiga xavfli kasalliklarning kamayishiga hissa qo‘shadi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB

personmaftuna 25-06-24, 17:42
0 АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB TASHLASH TARTIBI

А liment to‘lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bog‘liq. Bunday...

OZIQ-OVQAT MAHSULOLTLARIGA QO‘SHILADIGAN BIOLOGIK FAOL

personmaftuna 16-12-24, 11:19
0 OZIQ-OVQAT MAHSULOLTLARIGA QO‘SHILADIGAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARNING REKLAMASIDA NIMALAR TAQIQLANADI?

Ko‘pchilik fuqarolar biologik faol qo‘shimchalar dori vositalaridan afzal degan tushuncha uyg‘ongan. Aslida esa ular...

БОЛА ПАРВАРИШЛАШ ТАЪТИЛИДА ХОДИМНИНГ ИШ ҲАҚИ САҚЛАНАДИМИ?

personmaftuna 31-07-24, 02:58
0 БОЛА ПАРВАРИШЛАШ ТАЪТИЛИДА ХОДИМНИНГ ИШ ҲАҚИ САҚЛАНАДИМИ?

Бола парваришлаш даврида сизнинг иш жойингиз (лавозимингиз) сақланади, лекин ўртача иш ҳақингиз эмас, бу олдин ҳам,...

menu
menu