Kuzatuvchi » Siyosiy » MAISHIY CHIQINDILARNI QAYTA ISHLAYDIGAN 8 TA ZAVOD QURILADI

MAISHIY CHIQINDILARNI QAYTA ISHLAYDIGAN 8 TA ZAVOD QURILADI

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi. Bu zavodlar Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari ishtirokida 11 hududda, jami 1,28 mlrd AQSh dollari qiymatidagi loyihalar asosida barpo etiladi. Zavodlar yillik 4,7 mln tonna chiqindini qayta ishlash orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi va poligonlar sonini besh barobarga qisqartiradi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Loyihalarga ko‘ra, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida zavodlar qurilib, 2026-yilda ishga tushiriladi. Bu loyihalar orqali 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, 152 mln m³ tabiiy gaz va 2,4 mln tonna issiqxona gazlarining kamayishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu hamkorliklar sirkulyar iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va aholiga xavfli kasalliklarning kamayishiga hissa qo‘shadi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 27-03-24, 10:58
0 БИЛАСИЗМИ?

“Халқаро шартномани тасдиқлаш тўғрисида”ги Президент қарори (пқ-134-сон, 19.03.2024 й.) қабул қилинди. Қарорга кўра,...

QIZIL KITOBGA KIRITILGAN HAYVONLARNI O’LJA QILISH

personmaftuna 19-03-24, 01:59
0 QIZIL KITOBGA KIRITILGAN HAYVONLARNI O’LJA QILISH JAVOBGARLIKGA SABAB BO’LADI

Qizil kitobga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yo'q bo'lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo'q qilib...

CHET ELGA CHIQISH QACHON CHEKLANADI?

personmaftuna 12-12-24, 03:44
0 CHET ELGA CHIQISH QACHON CHEKLANADI?

Ba’zida qandaydir sabab bilan aeroport yoki vokzaldan chiqishiga “zapret” bor ekan deb qaytarib yuborilgan odamlar...

menu
menu