TARBIYALANUVCHI VA O‘QUVCHILARGA JISMONIY YOKI RUHIY TAZYIQ O‘TKAZISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 12-iyundagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrug‘iga ko‘ra pedagog-xodimlarga quyidagicha talablar qo‘yilgan. Ulardan eng muhimlari:
ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli olib borishi;
mavzudan tashqari mavzularga chalg‘imaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish;
ta’lim muassasalarida yuzaga keladigan har qanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;
doimiy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik;
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni ommaviy izza qilmaslik;
ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT SUBSIDIYASI VA UNI AJRATISH TARTIBI
personmaftuna 27-01-24, 18:31Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat...
BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN ULARNING
personmaftuna 22-01-24, 19:18Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʻyicha...
AYRIM TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATILADI
personmaftuna 14-05-24, 01:43“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab...