Kuzatuvchi.uz / TARBIYALANUVCHI VA O‘QUVCHILARGA JISMONIY YOKI RUHIY TAZYIQ O‘TKAZISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI

TARBIYALANUVCHI VA O‘QUVCHILARGA JISMONIY YOKI RUHIY TAZYIQ O‘TKAZISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 12-iyundagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrug‘iga ko‘ra pedagog-xodimlarga quyidagicha talablar qo‘yilgan. Ulardan eng muhimlari:

ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli olib borishi;

mavzudan tashqari mavzularga chalg‘imaslik;

tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish;

ta’lim muassasalarida yuzaga keladigan har qanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;

doimiy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;

tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; 

tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik; 

tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni ommaviy izza qilmaslik; 

ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

10-12-2024, 11:31
Saytga qaytish