Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI IDENTIFIKATSION ID KARTA BILAN CHET ELGA CHIQSA BO‘LADIMI?

FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI IDENTIFIKATSION ID KARTA BILAN CHET ELGA CHIQSA BO‘LADIMI?

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. 

O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga chet elga chiqish pasporti (biometrik pasport)dan foydalangan holda mamlakatdan chiqishi mumkinligi belgilangan.

Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanuvchilarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish ma’lumotlarni yig‘ish punktida amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmati faqat migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi:

doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketayotganda;

chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida rasmiylashtirilishi shart bo‘lgan hollarda;

chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganda;

xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan to‘xtatib turilganda.

Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga o‘zi kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi.

Keksa, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yoki nogironligi bo‘lgan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga oid xizmatlar tegishli murojaatga asosan, bevosita doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi.

Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimlari tomonidan fuqaro nomidan elektron tarzda, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun so‘rovnoma belgilangan shaklda to‘ldiriladi.

Chet elga chiqish pasporti 10 ish kunida beriladi.

            

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA

personmaftuna 23-07-24, 14:08
0 PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA CHEKLOVLAR BEKOR QILINADI

“Parrandachilik sohasini yanada qo'llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy...

DAVLAT XIZMATCHISI TADBIRKOR YOKI UNING MUASSISI BO‘LISHI

personmaftuna 20-10-24, 14:53
0 DAVLAT XIZMATCHISI TADBIRKOR YOKI UNING MUASSISI BO‘LISHI MUMKIN EMAS

(O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq...

NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB

personmaftuna 16-12-24, 11:45
0 NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB HISOBLANADIMI?

— 20 yillik ish stajiga ega bo‘lgan II guruh nogironiman. Nogironlik pensiyasi tayinlashda ishlagan staj inobatga...

menu
menu