Kuzatuvchi » Siyosiy » LIMONCHILIK SOHASI QO'LLAB-QUVVATLANADI

LIMONCHILIK SOHASI QO'LLAB-QUVVATLANADI

“Respublikada limonchilik sohasini qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi. 

 

limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixcham issiqxonalar qurib berish hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotish;

 

xorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jem va limonad ishlab chiqarish uskunalarini olib kelish, o'rnatish hamda tadbirkorlarga lizing asosida berishni yo'lga qo'yish;

 

amaldagi kreditlar va foiz qarzdorliklarini qayta moliyalashtirish orqali limonchilik xo'jaliklari faoliyatini imtiyozli shartlarda sog'lomlashtirish.

 

Shuningdek, Norin, Shahrisabz, Uchko'prik va Denov tumanlaridagi 1 tadan mahallani ilmiy asoslangan yondashuv asosida limon ko'chatlari yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda ushbu tumanlarda 1 mln dona sifatli limon ko'chati yetishtirish yo'lga qo'yiladi.

 

2025-yil yakuniga qadar dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqalarida mavjud limon yetishtiriladigan yer maydonlarini to'liq xatlovdan o'tkaziladi hamda ma'lumotlar “Online mahalla” elektron platformasiga kiritiladi.

 

Bundan tashqari, limonning sovuqqa va qurg'oqchilikka chidamli navlarini yaratish hamda ularning ko'chatini jadal ko'paytirishga qaratilgan maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi e'lon qilinadi.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.

 

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:52
0 БИЛАСИЗМИ?

Президент қарори (ПҚ-85-сон, 24.02.2024 й.) билан айрим норматив ҳуқуқий ҳужжатларга қўшимчалар киритилди. “Заргарлик...

JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

personmaftuna 21-02-24, 04:18
0 JISMONIY SHAXSLARNING BANKROT BO‘LISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi...

MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH

personmaftuna 08-12-24, 13:18
0 MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH ASOSLARI: MUHIM 6 SAVOLGA JAVOB

Sud tegishli huquqbuzarlik uchun belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki o‘sha huquqbuzarlik uchun...

menu
menu