SANITARIYA VA OMMAVIY ZAHARLANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR
Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanish real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,
bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish kabi jazo choralaridan qo‘llanilishi mumkin.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QONUN (O'RQ-972-SON, 07.10.2024 Y.) BILAN JINOYAT HAMDA
personmaftuna 20-06-25, 13:16Unga ko'ra, kodekslarga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan...
MILLIY DAVLATCHILIGIMIZNING UCH MING YILDAN ZIYOD TARIXINI
personmaftuna 24-07-24, 01:56“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag'ishlangan filmlar turkumini yaratishga...
“YASHIL BELGI” MAHSULOT VA XIZMATLARNI YAGONA IXTIYORIY
personmaftuna 08-08-25, 01:20“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya...