MILLIY DAVLATCHILIGIMIZNING UCH MING YILDAN ZIYOD TARIXINI AKS ETTIRUVCHI FILMLAR TURKUMI ISHLAB CHIQILADI
“Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag'ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-209-son.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga ko'tarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma'naviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024–2027 yillarga mo'ljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi.
Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yo'lida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy ko'rsatib berish belgilandi.
Shuningdek, quyidagilar tuzildi:
🔹Kinematografiyani rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy komissiya (Milliy komissiya);
🔹Filmlarning g'oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga ko'maklashuvchi milliy kengash (Milliy kengash).
“Tirik tarix” dasturi doirasida:
🔸filmlar ishlab chiqarish uchun kinoloyihalarni tayyorlash bo'yicha tanlov tashkil etiladi va eng yaxshi kinoloyihalar tanlab olinadi;
🔸kinoloyihalarga muvofiq filmlar ishlab chiqarish uchun taqdimot shaklidagi tanlovlar (pitching) asosida kinokompaniyalar aniqlanadi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
МИЛЛИЙ МАЛАКА ТИЗИМИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИНСТИТУТИ ТАШКИЛ
personmaftuna 14-12-24, 15:06“Ўзбекистон Республикаси миллий малака тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори...
ЯНГИ ҚОНУН
personmaftuna 30-09-24, 15:58➖ ИЖРО ИШИНИ ЮРИТИШ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ 28.08.2024 йил кунги ЎРҚ-947-сон Қонун Президент томонидан имзоланди ва...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT BILAN
personmaftuna 16-12-24, 18:56“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish...