Kuzatuvchi » Siyosiy » QONUN (O'RQ-972-SON, 07.10.2024 Y.) BILAN JINOYAT HAMDA MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI KODEKSLARGA O'ZGARTIRISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITILDI

QONUN (O'RQ-972-SON, 07.10.2024 Y.) BILAN JINOYAT HAMDA MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI KODEKSLARGA O'ZGARTIRISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITILDI

Unga ko'ra, kodekslarga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog'liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma'muriy huquqbuzarlik toifasiga o'tkazishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan to'ldirish, yarashuv institutiga kiruvchi ma'muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga; 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'lishi belgilanmoqda. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI

personmaftuna 10-12-24, 10:36
0 NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan...

BILASIZMI?

personmaftuna 24-04-24, 01:33
0 BILASIZMI?

Kreditni undirish bo'yicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash to'xtatiladi Prezident tomonidan...

QONUNIY NIKOHSIZ SHARIY NIKOHLAGAN IMOMLARGA MA’MURIY VA

personmaftuna 19-09-24, 00:31
0 QONUNIY NIKOHSIZ SHARIY NIKOHLAGAN IMOMLARGA MA’MURIY VA JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

O‘RQ–874-son, 31.10.2023 bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va...

menu
menu