Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

Kreditni undirish bo'yicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash to'xtatiladi Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-914-son.) ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi

 Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra: 

Agar amalga oshirilgan to'lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo'lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:
-asosiy qarz bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik va muddati o'tgan foiz to'lovlari mutanosib ravishda;    
-joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bo'yicha qarzdorlik;
-neustoyka (jarima, penya);   
-kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlari.    
       Shuningdek, kredit bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko'rsatilgan, kredit bo'yicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to'xtatiladi. 

Bundan tashqari, "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so'mdan 100 million so'mgacha oshirildi. 

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN

personmaftuna 05-05-24, 10:53
0 KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN TADBIRKORLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILADI?

2.04.2024-yildagi OʻRQ-923 son Qonuni bilan kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro...

ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИ РАИСЛАРИНИНГ ВАКОЛАТ МУДДАТИ 5 ЙИЛГА

personmaftuna 19-03-25, 05:05
0 ФУҚАРОЛАР ЙИҒИНИ РАИСЛАРИНИНГ ВАКОЛАТ МУДДАТИ 5 ЙИЛГА УЗАЙТИРИЛДИ

Қонун (ЎРҚ-1027-сон, 11.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонунга кўра...

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI HAQIDA HUQUQIY

personmaftuna 24-03-25, 03:32
0 GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi gidrotexnika inshootlarining...

menu
menu