Kuzatuvchi » Siyosiy » KO‘CHMAS MULKNI QONUNIYLASHTIRISH UCHUN QANDAY TALABLARGA JAVOB BERISH LOZIM?

KO‘CHMAS MULKNI QONUNIYLASHTIRISH UCHUN QANDAY TALABLARGA JAVOB BERISH LOZIM?

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (05.08.2024 yildagi O‘RQ-937) Prezident tomonidan imzolandi.

Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 9 aprelda qabul qilinib, Senat tomonidan 21 iyunda ma’qullangandi. Prezident 5 avgust kuni ushbu qonunni imzolangandi.

Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:

2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar; 

2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer; 

bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer; 

kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri; 

davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer; 

hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi. 

Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi; 

yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi; 

yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi; 

muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi; 

bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa); 

har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar).

Huquqlarni e’tirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi ma’lumotlarni kiritadi; 

10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi ma’lumotlarni tizimga kiritadi; 

tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda e’lon qilinadi. 

To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi. 

Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi. 

Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar e’tirof etiladi (erga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi). 

Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa –0,24 gektargacha; 

1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda. 

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI TASHKIL

personmaftuna 24-06-24, 09:58
0 MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini...

VAZIRLAR MAHKAMASINING 2021-YIL 23-AVGUSTDAGI 537-SON

personmaftuna 22-03-24, 00:25
0 VAZIRLAR MAHKAMASINING 2021-YIL 23-AVGUSTDAGI 537-SON QARORIGA KO’RA, QUYIDAGI HOLLARDA ARIZA BERUVCHIGA SUBSIDIYA TO’LANISHI RAD ETILISHI MUMKIN

a) ushbu Nizomning 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda; b) taqdim etilgan hujjatlardagi...

ADLIYA ORGANLARI HAQIDAGI YANGI FARMON FUQAROLARGA NIMA

personmaftuna 29-06-24, 07:37
0 ADLIYA ORGANLARI HAQIDAGI YANGI FARMON FUQAROLARGA NIMA BERADI?

Har qanday davlatda adliya organlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ichida muhim o‘ringa ega. Shu jihatdan mazkur...

menu
menu