Kuzatuvchi » Siyosiy » ENERGIYA TEJASH MASALALARI QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

ENERGIYA TEJASH MASALALARI QANDAY TARTIBGA SOLINADI?

Prezident 07.08.2024-yildagi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-940-sonli Qonunni imzoladi. 

Qonun energiyani tejashning asosiy tamoyillari, energiya samaradorligini oshirish standartlari, davlat tomonidan tartibga solish va ushbu sohadagi davlat siyosatining yoʻnalishlarini belgilaydi.

Hujjatda Vazirlar Mahkamasining vakolatlari koʻzda tutilgan boʻlib, u energiyani tejash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Energetika vazirligi – maхsus vakolatli davlat organi boʻlib, u davlat dasturlarini ishlab chiqadi, amalga oshiradi va nazorat qiladi, davlat aхborot tizimini yuritadi, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga koʻmaklashadi.

Shuningdek, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining energiyani tejash sohasidagi vakolatlari belgilangan.

Qonun energoservis kompaniyalari faoliyati jihatlari va energoservis shartnomasining хususiyatlarini koʻrib chiqadi. Bundan tashqari, energiya menejmenti, energoaudit, energetik ekspertiza va energetik pasportga ta’riflar berilgan.

Shu bilan birga, energiyani tejash meхanizmlari, Tarmoqlararo energiya tejash jamgʻarmasi mablagʻlarining manbalari va sarflanish yoʻnalishlari belgilangan.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari:

● monitoring tizimini joriy etish va muntazam energoaudit oʻtkazilishini ta’minlash;

● yoqilgʻi-energetika resurslarining belgilangan sarf normalariga qat’iy rioya qilish;

●energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida хalqaro standartlarni qoʻllash;

● barcha turdagi binolarni isitish va sovutish, yoritish, issiq va sovuq suv ta’minotida energiya sarfini tartibga solishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.

 

Qonunda neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik koʻzda tutilgan.

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024-yil 9-noyabrdan kuchga kiradi.

 
                                                                                       Bahodir YUSUPOV, 

        Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

TALABALAR AMALIYOT O‘TASH VAQTIDA OYLIK OLISHLARI MUMKIN

personmaftuna 29-06-24, 08:48
0 TALABALAR AMALIYOT O‘TASH VAQTIDA OYLIK OLISHLARI MUMKIN

Hukumatning 08.01.2024-yil kungi 11-son qarori bilan tegishli nizom tasdiqlangan ➖ Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan...

ЯНГИДАН ТАШКИЛ ҚИЛИНГАН ТАДБИРКОРЛАР РИВОЖЛАНИШИНИ БАҲОЛАШ

personmaftuna 24-08-25, 19:58
0 ЯНГИДАН ТАШКИЛ ҚИЛИНГАН ТАДБИРКОРЛАР РИВОЖЛАНИШИНИ БАҲОЛАШ КЎРСАТКИЧЛАРИ МАҚБУЛЛАШТИРИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Президент...

ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

personmaftuna 24-01-24, 16:07
0 ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat...

menu
menu