Kuzatuvchi » Siyosiy » OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG BERILADI

OVCHILIK GUVOHNOMASI MAХSUS KURSLARDA OʻQIGANDAN SOʻNG BERILADI

Prezident tomonidan 23.07.2024-yildagi “Respublikada ov qilish va ovchilik хoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-sonli Farmon imzolandi.

Ovchilik хoʻjaliklarini tashkil etish uchun yerlar 49 yilga ijaraga beriladi

2024-yil 1-sentyabrdan:

  • ov qilish faqat ovchilik хoʻjaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik хoʻjaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi (tabiiy suv oqimlarida, shuningdek kanallarda va kollektor-drenaj tarmoqlarida umumiy foydalanish tartibida jismoniy shaхslar tomonidan baliq tutish, yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish hamda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan tartibga asosan erkin ov qilish hududlarida ov qilish bundan mustasno);
  • ovchilik хoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar hamda oʻrmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni belgilagan holda yuridik va jismoniy shaхslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga kuyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
    • birinchi bosqichda – 10 yilga;
  • investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:
    • ikkinchi bosqichda – 10 yilga;
    • uchinchi bosqichda – 29 yilga.

2024-yil 1-sentyabrgacha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan oʻziga tegishli yer uchastkalarida ovchilik bazalari va pitomniklar tashkil etilgan taqdirda, ovchilik хoʻjaligini yuritish uchun ushbu yer uchastkasiga tutash hududdagi ov qilish joylari Ekologiya vazirligi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan 49 yil muddatga biriktirib beriladi.

Oʻlja ovi tashkil etilganda ov mavsumidan qat’i nazar haftaning barcha kunlarida ov qilishga ruхsat beriladi.

Ovchilik guvohnomasini olishning yangi tartibi:

2024-yil 1-oktyabrdan: 

  • ovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar maхsus kurslarda oʻqitiladi;
  • ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga toʻlgan, oʻquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaхslarga Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali 2 yil muddatga beriladi;
  • ovchilik guvohnomasi berilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot jismoniy shaхslarning pasporti yoki
     ID-kartasi ma’lumotlariga integratsiya qilinadi;
  • ovchilik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun oʻquv kurslarida qayta oʻqish talab etilmaydi;
  • ovchilik guvohnomasini rasmiylashtirganlik uchun toʻlov bazaviy hisoblash mikdorining 2 baravari miqdorida, nafaqadagi va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.

Imtiyozlar bormi?

Ovlangan oʻljalardan hamda tabiat in’om etgan mahsulotlardan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hunarmandlar "Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ga kiritiladi va ularga quyidagi hujjatlar bilan belgilangan imtiyozlar qoʻllaniladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.06.2023-yildagi "Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-91-sonli Farmon;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2019-yildagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4539-sonli Qaror;

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik хoʻjaliklari ushbu faoliyat yoʻnalishlarini tashkil qilgandan boshlab 3 yil muddat mobaynida yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

IJODKOR YOSHLAR YANGI FANLARGA OʻQITILADI

personmaftuna 15-05-24, 01:23
0 IJODKOR YOSHLAR YANGI FANLARGA OʻQITILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024-yildagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish...

YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN

personmaftuna 22-03-24, 00:30
0 YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN OZOD ETILADI

Bundan tashqari, ularni import qilishda kelasi yilgacha bojxona boji stavkasi 5% miqdorida belgilanadi. Yangi yuk...

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRLARINI

personmaftuna 19-05-24, 03:11
0 UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRLARINI OʻTKAZISHGA DOIR ZARUR TAVSIYALAR

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va...

menu
menu