MEHNATGA LAYOQATSIZLIK MA’LUMOTNOMASI
Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (yoki “mehnatga layoqatsizlik varaqasi”) kasallik, jarohat yoki boshqa tibbiy sabablar tufayli ishga vaqtincha layoqatsiz bo‘lgan shaxslar uchun beriladi. Bu hujjat shaxsning vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligini tasdiqlaydi va unga tegishli imtiyozlar yoki vaqtinchalik ish haqini olish imkonini beradi.
Shuningdek, “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2667 ) yo‘riqnomaga asosan, quyidagi muassasalarning shifokorlari mehnatga layoqatsizlik varaqasi berishga haqli emas: tez tibbiy yordam va qon bilan ishlash xizmati, shifoxonalarning qabul bo‘limlari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, pansionat va sanatoriy-kurortlar, sil kasalliklari sanatoriyalari bundan mustasno, fizioterapiya, davolash fizkulturasi va sport tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy muassasalar.
Olis hududlardagi davolash profilaktika muassasalarida bitta davolovchi shifokor faoliyat ko‘rsatgan taqdirda, ushbu shifokor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari (bundan buyon matnda sog‘liqni saqlash boshqarmalari deb yuritiladi) boshliqlarining buyrug‘iga asosan bir oygacha bo‘lgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi berishi mumkin.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЗАРГАРЛИК УЧУН ҚИММАТБАҲО ТОШЛАРНИ ОЛИБ КИРИШ СОЛИҚДАН ОЗОД
personmaftuna 29-05-24, 02:50Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-926-сон, 13.05.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва...
XALQARO SHARTNOMALAR RATIFIKATSIYA QILINISHI
personmaftuna 26-09-24, 02:09O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari...
MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASHTIRISHDA MUALLIFLIK HUQUQIGA
personmaftuna 29-09-24, 21:29O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga...