Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASHTIRISHDA MUALLIFLIK HUQUQIGA RIOYA ETILISHI TEKSHIRILADI

MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASHTIRISHDA MUALLIFLIK HUQUQIGA RIOYA ETILISHI TEKSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi (15.05.2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1458-6

Hujjatga muvofiq, mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida sertifikatlashtirishda endilikda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik ko‘rsatkichlar va sanoat namunalari) (IMO) bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligi ham o‘rganib, tekshiriladi. 

Sertifikatlash organi (SO) tomonidan mahsulotda IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani ko‘rib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish SO tomonidan 2 ish kunida amalga oshiriladi.

b) o‘rganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qo‘llanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ПЕДАГОГ КАДРЛАРНИНГ МАЛАКА ТОИФАСИ...

personmaftuna 23-03-24, 22:21
0 ПЕДАГОГ КАДРЛАРНИНГ МАЛАКА ТОИФАСИ...

Ҳукуматнинг 17.09.2021 йилдаги 572-сон қарори билан тасдиқланган "Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва...

2025-2030 YILLARDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISHNI

personmaftuna 15-05-25, 13:08
0 2025-2030 YILLARDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi 210-son qarori bilan "2025–2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish...

КАРТОШКА ЕТИШТИРИШ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНАДИ

personmaftuna 26-09-25, 18:50
0 КАРТОШКА ЕТИШТИРИШ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНАДИ

“Республикада картошка етиштиришни кўпайтириш ва уруғчилигини янада ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар...

menu
menu