Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNATGA LAYOQATSIZLIK VARAQALARINI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

MEHNATGA LAYOQATSIZLIK VARAQALARINI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2667 ) 4-bobi 31-39-bandlari oilaning betob a’zosini parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishni tartibga soladi.

Yo‘riqnomaning 32-bandiga ko‘ra, ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan 14 yoshga yetmagan bemor bolani parvarishlash uchun uning onasiga 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi belgilangan.

Bola statsionarga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) bola statsionarga ya’ni bemorni doimiy ravishda tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lishiga sharoit yaratish maqsadida uni yotib davolanishini ta’minlaydigan tibbiyot muassasasiga qabul qilingan kundan yopiladi.

Statsionar sharoitda 3 yoshga to‘lmagan bolani parvarishlash uchun qarovni ta’minlaydigan shaxsga davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Agar 3 yoshdan katta bola statsionarga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bola statsionarga qabul qilingan kundan yopiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga karantin belgilangan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi. 

 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

АHOLIGA PENSIYA TAYINLASH BO‘YICHA KO‘RSATILADIGAN DAVLAT

personmaftuna 18-03-24, 01:44
0 АHOLIGA PENSIYA TAYINLASH BO‘YICHA KO‘RSATILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI SIFATI YANADA OSHIRILMOQDA

“ А holiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan...

ХАВФЛИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ОБЪЕКТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНУВЧИ ТАШКИЛОТЛАР

personmaftuna 30-01-25, 02:32
0 ХАВФЛИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ОБЪЕКТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНУВЧИ ТАШКИЛОТЛАР ХОДИМЛАРИНИ АТТЕСТАЦИЯДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (26-сон, 21.01.2025 й.) билан “Хавфли ишлаб чиқариш объектларидан фойдаланувчи ташкилотларнинг раҳбар ва...

FUTBOL BO'YICHA MAHALLA TERMA JAMOALARI O'RTASIDA IKKI

personmaftuna 26-03-24, 00:35
0 FUTBOL BO'YICHA MAHALLA TERMA JAMOALARI O'RTASIDA IKKI BOSQICHLI “MAHALLA LIGASI” O'TKAZILADI

Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7132) ko'ra, mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo...

menu
menu