Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOH TUZISH TARTIBI VA SHARTLARI

NIKOH TUZISH TARTIBI VA SHARTLARI

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida nikoh tuzish tartibi belgilangan bo‘lib, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. 

 Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Bunday muddatni belgilashdan maqsad nikohdan o‘tish istagida bo‘lgan shaxslarning nikohga kirish to‘g‘risidagi qarorining qanchalik qat’iyligini yana bir bor sinovdan o‘tkazish hisoblanadi.

Qonunchiligimizga ko‘ra nikoh tuzish ixtiyoriy bo‘lib, nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi, nikoh yoshiga yetgan bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomga asosan tibbiy ko’rikdan o‘tishlari lozim. 

Shu bilan birga nikohga kirishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lib, loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida, loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

L.XUDAYAROVA,

Tuproqqal’a  tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi. 

 

Boshqa maqolalar

XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH

personmaftuna 04-03-24, 22:18
0 XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi tegishli organlarga yoki sudga murojaat etish bepul huquqiy maslahat olish...

QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL

personmaftuna 19-05-24, 03:35
0 QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH JARAYONI RAQAMLASHTIRILADI

“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga...

AYOLLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TA’TILLAR

personmaftuna 18-03-24, 01:41
0 AYOLLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TA’TILLAR

Mehnat qonunchiligida 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan...

menu
menu