RAQAMLASHTIRISH SOHASIDA EKSPORT FAOLIYATI
“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-157-son Prezident Farmoni ( 14.10.2024-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, IT-park rezidentlariga quyidagi qo‘shimcha faoliyat turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi:
axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan ta'lim xizmati doirasida, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham o‘qitish, internet orqali axborot xizmatlarini eksport qilish faoliyati doirasida, biznes-jarayonlar autsorsingi yo'nalishi bo‘yicha ta'lim faoliyatini amalga oshirish, internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.
2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini ko‘rsatgan, O‘zbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda solig‘idan ozod etiladi.
2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari) – O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY
personmaftuna 28-03-24, 02:38O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar)...
KIMLAR NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISHGA HAQQI BOR?
personmaftuna 29-06-24, 06:50Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, Notarial tasdiqlangan hujjatlarga...
TA’LIMNING STANDARTLASHTIRILADIGAN TURLARI
personmaftuna 15-05-24, 18:30O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2024 - yildagi “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim...