Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM TRANSPORT TURLARIGA DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISH UCHUN TOʻLOV KAMAYTIRILDI

AYRIM TRANSPORT TURLARIGA DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISH UCHUN TOʻLOV KAMAYTIRILDI

Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazildi (23.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 2303-7-son).

Mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini berganlik uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi (ilgari - BHMning 1,75 baravari).

Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan davlat belgisi oʻrniga yangisini berish uchun ham хuddi shu miqdorda toʻlov belgilangan (ilgari - BHMning 1,75 baravari).

Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun ham BHMning 1,5 baravari miqdori toʻlovni amalga oshirish lozim.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

HUKUMAT FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHLARI BELGILAB

personmaftuna 08-12-24, 13:47
0 HUKUMAT FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHLARI BELGILAB BERILDI

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida hukumat faoliyatining eng muhim...

ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ СЕКТОРНИНГ РОЛИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:32
0 ИҚТИСОДИЁТДА ХУСУСИЙ СЕКТОРНИНГ РОЛИ ЯНАДА ОШИРИЛАДИ

“Иқтисодиётда рақобатни ривожлантириш ва хусусий секторнинг ролини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент...

МЕҲНАТ МИГРАНТЛАРИГА ХАРАЖАТЛАР КОМПЕНСАЦИЯ ҚИЛИНАДИ

personmaftuna 28-05-24, 02:30
0 МЕҲНАТ МИГРАНТЛАРИГА ХАРАЖАТЛАР КОМПЕНСАЦИЯ ҚИЛИНАДИ

Президентнинг 04.04.2024 йилдаги “Меҳнат миграцияси жараёнларини такомиллаштириш ҳамда хорижда вақтинча меҳнат...

menu
menu