Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT UY-JOY FONDIDAN FOYDALANISH VA UNI TASARRUF ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

DAVLAT UY-JOY FONDIDAN FOYDALANISH VA UNI TASARRUF ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom   tasdiqlandi. Nizomda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, davlat organlari uy-joylarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirish va rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartiblari belgilandi.

Davlat uy-joy fondi bu tashkilotlarning to‘liq xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvidagi munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondlaridan iborat uy-joy fondi hisoblanadi.

 [OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]

Nizomga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

 

L.XUDAYAROVA,

Tuproqqal’a tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi. 

Boshqa maqolalar

JISMONIY SHAXSLARGA DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM

personmaftuna 11-12-24, 11:31
0 JISMONIY SHAXSLARGA DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATILADI

Hukumat Qarori (774-son, 21.11.2024 - y.) bilan Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish...

AYOLLARGA AYRIM JAZOLARNI QO'LLASH BO'YICHA QUYIDAGI

personmaftuna 19-03-24, 01:55
0 AYOLLARGA AYRIM JAZOLARNI QO'LLASH BO'YICHA QUYIDAGI CHEKLOVLAR MAVJUD

Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga...

TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI

personmaftuna 19-05-24, 03:28
0 TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI TADBIRKORLARDA SOLIQ TEKSHIRUVLARI O'TKAZILMAYDI

Farmonga muvofiq, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan va respublikada ishlab...

menu
menu