Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO'RSATISH TO'G'RISIDA"GI QONUN (O'RQ-989-SON, 05.11.2024) QABUL QILINDI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO'RSATISH TO'G'RISIDA"GI QONUN (O'RQ-989-SON, 05.11.2024) QABUL QILINDI

  • Qonun aholiga psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
  • Qonunga ko'ra, psixologik yordam – tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko'rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
  • Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko'rsatiladi.
  • Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida ta'lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog'lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida psixologik yordam ko'rsatish tashkil etiladi.
  • Shaxs psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o'z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilandi.
  • Psixologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
  • Shaxsning psixologik yordam ko'rsatilishini so'rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar va psixologik yordam ko'rsatish chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.
  • Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
  • Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

АКАДЕМИЯ БИТИРУВЧИЛАРИГА ДАВЛАТ НАМУНАСИДАГИ ДИПЛОМ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 04-06-24, 14:01
0 АКАДЕМИЯ БИТИРУВЧИЛАРИГА ДАВЛАТ НАМУНАСИДАГИ ДИПЛОМ БЕРИЛАДИ

Қарорга кўра, ( https :// t . me / huquqiyaxborot /15983) Академияда ўқув жараёни 2025/2026 ўқув йилидан бошланади....

ЎҚИТУВЧИЛАРГА ДАРС СОАТЛАРИ ҚАНДАЙ КЕТМА-КЕТЛИКДА

personmaftuna 30-09-24, 10:48
0 ЎҚИТУВЧИЛАРГА ДАРС СОАТЛАРИ ҚАНДАЙ КЕТМА-КЕТЛИКДА ТАҚСИМЛАНАДИ ?

30.06.2020 йилдаги 3271-сон билан рўйхатдан ўтган қўшма қарорга кўра,Умумтаълим муассасалари томонидан шакллантирилган...

TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O'YINLARNI TASHKIL ETISH VA

personmaftuna 25-06-24, 15:01
0 TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O'YINLARNI TASHKIL ETISH VA BUKMEKERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHGA RUXSAT ETILADI

“Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish va o'tkazishni tartibga solishni takomillashtirish...

menu
menu