Kuzatuvchi » Siyosiy » MA'RIFIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

MA'RIFIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-990-son, 05.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo'shimchalar kiritilmoqda. 

Unga ko'ra, ma'rifiy faoliyat shaxsning shaxsiy, intellektual va ma'naviy jihatdan kamol topishi, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy faoliyatini namoyon etish, individual salohiyatini, imkoniyatlarini, muloqot qilish qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko'nikmalar va malakalarni shakllantirishga qaratilgan, davlat ta'lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanadi.

Ma'rifiy faoliyat vazirlik va idoralar, hokimliklar, mahallalar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda ma'rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish bo'yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

personmaftuna 24-06-24, 08:51
0 SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 10.06.2024-yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida sha х...

“KFW” BANKI OʻZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMINI

personmaftuna 20-02-25, 10:58
0 “KFW” BANKI OʻZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMINI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi 864-son "Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy...

MALAKA OSHIRISH

personmaftuna 27-11-24, 02:54
0 MALAKA OSHIRISH

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz...

menu
menu