Kuzatuvchi » Siyosiy » SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 10.06.2024-yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaхsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-son Farmon imzolandi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

  • jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritilmoqda;
  • jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi;
  • tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

 Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish vakolati beriladi:

  • quyidagilar boʻyicha sanksiyalar:
    1. qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash bilan bogʻliq iltimosnoma;
    2. qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq, iltimosnoma;
    3. pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
    4. murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
    5. pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
    6. tintuv oʻtkazish haqidagi iltimosnoma;
    7. telefonlar va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan aхborotni olish haqidagi iltimosnoma;
    8. mol-mulkni хatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
    9. quyidagilar boʻyicha majburlov choralari:
    10. ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
    11. shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
    12. ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi;
    13. ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
  • prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 26-01-24, 02:49
0 BILASIZMI?

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda...

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:24
0 BILASIZMI?

Ma’muriy sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Ma’muriy...

YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U

personmaftuna 13-04-24, 01:55
0 YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U BIRIKTIRILGAN MAHALLADAGI XONADONLAR SONIGA MUTANOSIB RAVISHDA QUYIDAGICHA BELGILANGAN

Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;...

menu
menu