QANDAY HOLLARDA XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI BERISH RAD ETILISHI MUMKIN ?
26.12.2018-yil kungi PQ-4079-son Prezident qaroriga asosan, quyidagilar xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etilishiga sabab bo‘ladi:
1)➖ biometrik pasportni olish uchun talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
2)➖ agar shaxs o‘zi to‘g‘risida bila turib soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
3)➖ qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa;
4)➖ agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga to‘sqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar;
5)➖ agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar;
6)➖ agar shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa — nazorat to‘xtatilgungacha
7)➖ agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar;
8)➖ agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar (voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun alimentlar oldindan to‘langanligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno);
9)➖ agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi axboroti mavjud bo‘lsa;
.Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yuqorida sanab o‘tilganlardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI
personmaftuna 05-03-24, 07:35Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...
YER UCHASTKASI QIYMATINI BOʻLIB-BOʻLIB TOʻLASH MUMKIN
personmaftuna 29-09-24, 20:53O‘zbekiston Respublikasi Prezident i tomonidan 06.09.2024-yildagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga...
AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH
personmaftuna 06-12-24, 16:08So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish...