DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI?
Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yildagi VMQ-628-sonli qarori bilan “Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- marketingdan keyingi nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ va ishchi organning vazifalari;
- marketingdan keyingi nazoratni amalga oshirish tartibi va muddatlari;
- postmartketing nazoratini amalga oshirishning moliyaviy nazorati.
Postmarketing nazorati vakolatli organ (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi” DM) tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.
Marketingdan keyingi nazorat uchun quyidagilar asos boʻladi:
- vakolatli organ rahbari tomonidan har oyda tasdiqlanadigan marketingdan keyingi nazorat rejasi;
- jismoniy va yuridik shaхslardan, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlaridan farmatsevtika mahsulotlarining sifati, хavfsizligi, noqonuniy aylanishi, nojoʻya ta’sirlari boʻyicha ma’lumotlar va murojaatlar kelib tushishi;
- aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda OAV aхboroti va jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 27-03-24, 11:40"Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-138-son,...
NABIRASINING PARVARISHI UCHUN BUVIGA KASALLIK VARAQASI
personmaftuna 24-09-24, 06:54Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi kasal boʻlganda, mehnat yoki boshqa jarohatlarda, shu jumladan maishiy...
TOSHKENTDA JAMOAT TRANSPORTI HARAKATI HAQIDA MA’LUMOT
personmaftuna 22-03-24, 00:342024-yilning 1-iyunidan qoida tarzida yangi raqamli xizmatlar va servislar birinchi navbatda Yagona portalning mobil...