DEKRIMINALIZATSIYA: AYRIM YENGIL TAN JAROHATLARI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BEKOR QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 07.10.2024-yildagi “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-972-son Qonun imzolandi.
Endilikda sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat hisoblanmaydi.
Biroq sogʻliqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik saqlanib qolmoqda.
Bunday qilmishlarni diniy taasublar zamirida, bir guruh shaхslar tomonidan yoki qurolni ishlatib sodir etganlik uchun 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda: ushbu qilmishga BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha qamoq nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:
- oz miqdorda talon-toroj;
- topib olingan mol-mulkni yashirish;
- transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
NUQSONLI TOVARLAR VA ISTE’MOLCHINING HUQUQLARI:
personmaftuna 12-12-24, 03:33O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 17-moddasi,...
AHOLIGA SIFATLI VA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH
personmaftuna 11-12-24, 11:04So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish...
QONUNCHILIKKA KO‘RA, ARIZA BERUVCHILAR HUQUQLARI
personmaftuna 03-06-24, 14:32Qonunchilikka ko‘ra, ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: - so‘rovnomada maktabgacha ta’lim tashkilotining...