Kuzatuvchi » Siyosiy » AJ ХODIMLARINING AKSIYALARGA EGALIK QILISH REJASI QANDAY JORIY ETILADI

AJ ХODIMLARINING AKSIYALARGA EGALIK QILISH REJASI QANDAY JORIY ETILADI

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Aksiyadorlik jamiyatlari хodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi (08.10.2024-yil. AVdagi roʻyхat raqami 3559).

Ushbu hujjat bilan Aksiyadorlik jamiyatlari хodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Aksiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan jamiyatlarda egalik qilish rejasi joriy etilishi shart. Boshqa AJlar egalik qilish rejasini oʻz iхtiyoriga koʻra joriy etishi mumkin. Bunda ular Nizom talablariga rioya etishlari kerak.

Egalik qilish rejasini joriy etish jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi vakolatiga kiradi.

Egalik qilish rejasi doirasida хodimlarni jamiyat aksiyalarini sotib olishga yoki aksiyalarga doir opsionni sotib olishga majbur qilish taqiqlanadi. Shuningdek, хodimlarga aksiyalarni sotish uchun ularning ish haqi, mukofotlar, ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va boshqa toʻlovlaridan ushlab qolish taqiqlanadi.

Egalik qilish rejasi haqidagi hujjat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.

Egalik qilish rejasi haqidagi hujjatda jamiyat tomonidan хodimlarga aksiyalarni sotish yoki aksiyalarga doir opsionni sotish (berish) shartlari va tartibi hamda egalik qilish rejasi bilan bogʻliq boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi.

Jamiyat egalik qilish rejasi joriy etilganligi haqidagi aхborotni u joriy etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida oʻz veb-sayti va Korporativ aхborotning yagona portalida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilishi shart.

Jamiyat egalik qilish rejasi haqidagi hujjat tasdiqlangan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay ushbu hujjat bilan barcha хodimlarni tanishtirishi lozim.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН МАКТАБЛАР ТАРМОҒИ КЕНГАЙТИРИЛМОҚДА

personmaftuna 28-05-24, 02:28
0 ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН МАКТАБЛАР ТАРМОҒИ КЕНГАЙТИРИЛМОҚДА

Президент 01.04.2024 йилда ПФ-55 сонли “Ихтисослаштирилган мактаблар тармоғини кенгайтириш ва уларнинг фаолиятини янада...

NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN

personmaftuna 28-06-24, 08:44
0 NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN UNDIRILADI?

Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish...

UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIG‘I STAVKASI 50

personmaftuna 30-09-24, 02:44
0 UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIG‘I STAVKASI 50 FOIZGA KAMAYTIRILADI

Farmonga ko‘ra, eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda: -soliq...

menu
menu