UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIG‘I STAVKASI 50 FOIZGA KAMAYTIRILADI
Farmonga ko‘ra, eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda:
-soliq to‘lovchilardan O‘zbekiston bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo’yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;
-bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o’tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.
Аsbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar importiga oid kontraktda ularni etkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan bo’lsa, mazkur operatsiya bo’yicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda ko’rsatilgan etkazib berish muddati e’tirof etiladi.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig’i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ҲУДУДЛАРДА ЮҚОРИ ИҚТИСОДИЙ ЎСИШНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ЯНГИ ТИЗИМИ
personmaftuna 30-01-25, 01:51“Ҳудудларда юқори иқтисодий ўсиш ва аҳоли бандлигини таъминлашнинг янги тизимини йўлга қўйиш ҳамда бу борада маҳаллий...
СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ
personmaftuna 14-12-24, 15:14“Сунъий интеллект технологияларини 2030 йилга қадар ривожлантириш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”ги Президент қарори...
ҲОМИЛАДОР ВА БОЛА ТУҚҚАН АЁЛЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ЙИЛЛИК МЕҲНАТ
personmaftuna 24-03-24, 16:49Меҳнат кодексининг 400-моддасига асосан, ҳомиладор аёлларга ва бола туққан аёлларга йиллик меҳнат таътили, уларнинг...