Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil! ichki turistik yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-646-sonli qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi “Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin darajada koʻpaytirish va ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoniga muvofiq “Toʻrt faslning har birida sayohat” turistik mavsumlarini ochish doirasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasi tashkil etiladi.

Ichki turistik yarmarka 2024-yilda Toshkent shahrida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2025-yildan boshlab esa - respublika hududlarida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari, shuningdek mahalliy byudjetlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻtkaziladi.

Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida har yili quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:

  • mart va avgust oylarida - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida B2B (“biznes biznes uchun”) va B2C (“biznes iste’molchi uchun”) meхanizmlari asosida mintaqaviy ichki turistik yarmarkalar;
  • dekabr oyida - B2B doirasida milliy turistik yarmarka tashkil etiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • 2025-yilda ichki turistik yarmarkalarni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDAGI IQTIDORLI YOSHLAR

personmaftuna 07-06-25, 20:11
0 MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDAGI IQTIDORLI YOSHLAR RAG'BATLANTIRILADI

“Ijodkor yoshlarni ko'llab-quvvatlash va rag'batlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori...

QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI

personmaftuna 31-01-24, 02:13
0 QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...

TO‘LIQSIZ ISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI

personmaftuna 12-12-24, 03:54
0 TO‘LIQSIZ ISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI

Ish vaqti tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasida belgilab qo‘yilgan. Ish vaqti — xodim...

menu
menu