“YANGI AVLOD” MAXSUS SANOAT ZONASI TASHKIL ETILADI
"Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-138-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi,
Unga ko'ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (“Yangi avlod” MSZ) tashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30 yil).
MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boshqarish uchun mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.
“Yangi avlod” MSZ hududida investisiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo'lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha to'g'ridan-to'g'ri chet el investisiyalari o'zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishi ta'minlanadi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
KICHIK BIZNESNI UZLUKSIZ QO‘LLAB-QUVVATLASH DASTURI
personmaftuna 20-10-24, 14:50“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...
YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANISHI
personmaftuna 20-06-25, 13:14Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-973-son, 09.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va...
KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATISH TIZIMI
personmaftuna 08-02-24, 09:48O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 27.12.2023-yildagi 410 -son «Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va...