TOSHKENTDA JAMOAT TRANSPORTI HARAKATI HAQIDA MA’LUMOT BERUVCHI PORTAL ISHGA TUSHIRILADI
2024-yilning 1-iyunidan qoida tarzida yangi raqamli xizmatlar va servislar birinchi navbatda Yagona portalning mobil ilovasida joriy etiladi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi. Mamlakatda BMTning elektron hukumat reytingida TOP-30talikka kirish vazifasi qo‘yilgan.
Tashkilotning mazkur hisobotida O‘zbekiston reytingini yaxshilash bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, kelasi yilning 1-iyunidan qoida tarzida yangi raqamli xizmatlar va servislar birinchi navbatda Yagona portalning mobil ilovasida joriy etiladi.
2024-yil yakunigacha portalda ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 700taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65%ga yetkaziladi. Raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75%i mobil ilova orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi:
- 2024-yildan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi;
- kelasi yilning 1-iyunidan mamlakat hududidagi yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;
- 2024-yilning 1-sentabridan Toshkentda jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.
Shoshilinch tezkor xizmatlar bo‘yicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash bo‘yicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Joriy yilning 1-noyabridan “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali Internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturi amalga oshiriladi.
2024-yil yakunigacha magistral telekommunikatsiya tarmog‘i va aholi yashash maskanlarida qo‘shimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari quriladi.
Avvalroq naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha xizmatlar Yagona portal orqali ko‘rsatilishi hamda xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash jarayoni to‘liq onlayn amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТИЗИМИ
personmaftuna 01-09-25, 01:14“Қишлоқ хўжалиги майдонларидаги қўшимча имкониятлардан фойдаланган ҳолда маҳсулот етиштиришни кўпайтиришга доир...
FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASH TALABLARI BEKOR
personmaftuna 05-03-24, 07:22Prezident 09.01.2024-yilda PF-8-son «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va...
PROAKTIV SHAKLGA O‘TKAZILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI
personmaftuna 14-06-24, 02:1124.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...