FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL OLISH HUQUQIGA EGA BO‘LADI
“Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-311-son) qabul qilindi.
⚡ Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan quyidagilar davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali statsionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega bo‘ladi:
➖ jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovchilar;
➖ Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq to‘lagan shaxslar;
➖ voyaga yetmaganlar, ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
2027-yil 1-yanvardan so‘nggi bir yil davomida kamida 6 oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘laganlar uchun davlat tibbiy sug‘urtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT
personmaftuna 20-06-25, 13:22“Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish...
FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI
personmaftuna 10-12-24, 10:42O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning...
FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASH TALABLARI BEKOR
personmaftuna 21-03-24, 18:58Prezident 09.01.2024-yilda PF-8-son «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va...