Kuzatuvchi » Siyosiy » KASALLANGAN OILA A’ZOSINI PARVARISHLASH UCHUN CHIQSANGIZ BO‘LADI

KASALLANGAN OILA A’ZOSINI PARVARISHLASH UCHUN CHIQSANGIZ BO‘LADI

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

  1. a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
  2. b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
  3. v) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
  4. g) karantinda;
  5. d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
  6. e) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

❗️Nizmoning 16-bandiga ko‘ra uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.

Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.

O‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.

Diqqat qiling! Nizomning 26-bandiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga to‘lanadi.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ХОККЕЙ СПОРТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 15-12-24, 23:21
0 ХОККЕЙ СПОРТИ ЯНАДА РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

“Хоккей спорт турини ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-334-сон, 23.09.2024...

XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING YANGI MEXANIZMI JORIY

personmaftuna 29-09-24, 20:43
0 XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING YANGI MEXANIZMI JORIY ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash...

FUQAROVIY MUNOSABATLARDA MAJBURIYATNING BAJARMASLIK

personmaftuna 11-12-24, 11:50
0 FUQAROVIY MUNOSABATLARDA MAJBURIYATNING BAJARMASLIK OQIBATLARI: MUHIM 7 QOIDA

Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga...

menu
menu