Kuzatuvchi » Siyosiy » XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING YANGI MEXANIZMI JORIY ETILDI

XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING YANGI MEXANIZMI JORIY ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  557-son qarori qabul qilindi. 

2024-yil oktyabr oyidan boshlab “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish moduli ishga tushiriladi. 

Muammolarni oʻrganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi boʻyicha “maxalla – tuman – viloyat – respublika” darajasida hal etiladi. 

“Xotin-qizlar.uz” platformasini takomillashtirish hamda doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining buyurtmanomasi asosida Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi. 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

“Xotin-qizlar.uz” platformasi hamda davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron hamkorlik doirasida almashiniladigan ma’lumotlar hamda axborotlar roʻyxati;

Xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish modulini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.

 
Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ЁШЛАР ТАДБИРКОРЛИГИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:17
0 ЁШЛАР ТАДБИРКОРЛИГИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

“Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш ва бандлигини таъминлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...

SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR EHTIYOJLARI

personmaftuna 29-09-24, 20:56
0 SHAHAR MUHITIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR EHTIYOJLARI UCHUN SHAROITLAR YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezident i ning 18.07.2024-yildagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz...

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRINING TOPSHIRIGʻI BILAN:

personmaftuna 30-09-24, 07:31
0 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRINING TOPSHIRIGʻI BILAN:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini...

menu
menu