PENSIYAGA QO’SHILADIGAN USTAMALAR
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi;
I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
II guruh yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
O‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.
yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“YAGONA INTEGRASIYALASHGAN EKOTIZIM” AXBOROT TIZIMI ISHGA
personmaftuna 13-06-25, 01:06“Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha...
XORIJIY DAVLATDA YASHASH UCHUN RUХSATNOMA OLGAN DEPUTAT VA
personmaftuna 05-08-24, 18:48Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va...
O‘LIMNI QAYD ETISHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR HAQIDA
personmaftuna 08-08-25, 01:58O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 225-moddasiga asosan, o‘limni qayd etish uchun fuqarolik holati...