Kuzatuvchi » Siyosiy » KIMLAR NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISHGA HAQQI BOR?

KIMLAR NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISHGA HAQQI BOR?

Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar hisoblanib, unga koʻra kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar hamda ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasnoligi belgilangan.

Yuqorida koʻrsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shartligi, agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki ularning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan boʻlsa, oʻsha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuborishi, Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib koʻrishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi hamda mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shartligi koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari ham notarial harakatlarni amalga oshirishi koʻrsatilgan boʻlib, Unga koʻra,

1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalar bundan mustasno;

2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;

3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;

4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;

5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

6) meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;

7) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;

8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;

9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan koʻchirmalar toʻgʻriligini shahodatlaydi;

10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;

11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;

12) pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;

13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;

14) ijro xatlarini yozadi;

15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkinligi koʻrsatilgan.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 

 

Boshqa maqolalar

DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

personmaftuna 14-05-24, 02:53
0 DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024-yildagi 201-son li Qarori bilan Eksportga moʻljallangan va...

PENSIYA OLISH HUQUQIGA EGA BO‘LGAN OILA A’ZOLARI

personmaftuna 13-04-24, 02:11
0 PENSIYA OLISH HUQUQIGA EGA BO‘LGAN OILA A’ZOLARI

Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida ( fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonuni 20-modda ) bo‘lgan...

ҲУДУДИЙ ПРОКУРАТУРАЛАРДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА

personmaftuna 30-09-24, 17:00
0 ҲУДУДИЙ ПРОКУРАТУРАЛАРДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА АҲОЛИНИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ҚИЛИШ СОҲАСИДА ҚОНУНЧИЛИК УСТИДАН НАЗОРАТ БЎЛИНМАЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

Президентнинг 11.09.2024 йил кунги ПФ-139-сон “Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш соҳасидаги...

menu
menu