Kuzatuvchi » Ma'naviy » XORAZM MATBUOT, MATBAACHILIK, NOSHIRLIK: TARIXI VA BUGUNI

XORAZM MATBUOT, MATBAACHILIK, NOSHIRLIK: TARIXI VA BUGUNI

Xorazmda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar   davom  etmoqda. Navbatdagi yana bir tadbir yaqinda “Ogahiy” nashriyotida chop qilingan “Xorazm matbuoti, matbaachilik, noshirlik: tarixi va buguni” nomli kitob taqdimotiga bag‘ishlandi.   Mazkur solnoma  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan nashrdan chiqqan. 

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan taqdimotda kitobning yaratilishida o‘zining hissasini qo‘shgan ustoz jurnalistlar, ilmiy xodimlar, pedagoglar, shuningdek, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

G‘oya muallifi, kitobni nashrga tayyorlovchi va muharriri, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanovani yangi tarixiy nashr chop qilinganligi bilan samimiy muborakbod qildilar.

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Umid Bekmuhammad, Xalqaro “Oltin meros” jamoat fondining viloyat bo‘limi rahbari Komiljon Nurjonov, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Soliyajon Rahimberganova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Qurbon Muhammadrizo,  Shuhrat Matkarimov,  taniqli publitsist va yozuvchi  Husayin Rahmonov, mehnat faxriysi Nodir Otajonov va boshqalar kitobda viloyatimiz matbuoti, matbaachilik, noshirlik o‘tmishi va buguni, soha fidoyilari haqida qimmatli ma’lumotlar jamlanganini e’tirof qildilar. 

Tadbirda viloyatda nashriyot-matbaa tizimi, bosma nashrlar, televideniya va radio, kutubxona va kitob do‘konlari, hududdagi xalqqa axborot yetkazish va ziyo tarqatish borasida olib borilgan va olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritildi. 

Taqdimot so‘ngida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova kitobning yaratilish jarayoni haqida so‘zlab berdi va qatnashchilarga minnatdorchilik bildirdi. Mazkur to‘plamning ilk nusxalari Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga taqdim qilindi.

Boshqa maqolalar

XORAZM VILOYATIDA O‘Z ISHINI BOSHLAGAN “OʻZBEKISTON –

personmaftuna 21-04-25, 17:37
0 XORAZM VILOYATIDA O‘Z ISHINI BOSHLAGAN “OʻZBEKISTON – KITOBXONLAR YURTI” SHIORI OSTIDAGI  V RESPUBLIKA “KITOBXONLIK HAFTALIGI”NING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

21-27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirga puxta tayyorgarliklar ko‘rildi. Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat...

ДИЙДОРЛАШУВ

personmaftuna 30-10-24, 13:52
0 ДИЙДОРЛАШУВ

(Собиқ синфдошларнинг 50 йиллик учрашувидан) Истиқлолимизнинг қутлуғ 33 йиллиги арафасида бундан роппа-роса 50 йил...

CHET EL FUQAROSI YOKI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXS BO‘LIB,

personmaftuna 12-03-24, 17:43
0 CHET EL FUQAROSI YOKI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXS BO‘LIB, BOSHQA DAVLAT HUDUDIDA DOIMIY YASHAYOTGAN BOLANI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI TOMONIDAN FARZANDLIKKA OLISH TARTIBI

Tug`ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv...

menu
menu