MUSTAQILLIGIMIZNING 34 YILLIGI YUKSAK SAVIYADA NISHONLANADI
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 10.07.2025-yildagi PQ–222-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.
Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.
“Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TA'LIM KREDITI OLISH UCHUN ARIZALARNI MY.GOV.UZ ORQALI
personmaftuna 25-06-24, 23:44“Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va o'quvchilariga byudjet mablag'lari hisobidan ta'lim kreditini...
МАЪМУРИЙ СУДЛАР ФАОЛИЯТИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ
personmaftuna 17-03-25, 11:03“Фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқларини суд орқали ҳимоя қилишнинг замонавий механизмларини жорий этиш...
ОИЛАГА ВА ОИЛА МУҲИТИГА БЎЛГАН ҲУҚУҚ
personmaftuna 26-03-24, 01:32Давлат ногиронлиги бўлган болаларнинг оилага ва оила муҳитига бўлган ҳуқуқларини таъминлаш, ихтисослаштирилган...