TA'LIM KREDITI OLISH UCHUN ARIZALARNI MY.GOV.UZ ORQALI TOPSHIRISH IMKONIYATI YARATILADI
“Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va o'quvchilariga byudjet mablag'lari hisobidan ta'lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan oliy va professional ta'lim tashkilotlarining talaba va o'quvchilariga ta'lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔹oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga ajratiladi;
🔹ta'lim krediti:
- oliy ta'lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun to'lov-kontrakt summasi miqdorida;
- oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi “3” dan past bo'lgan taqdirda to'lov-kontrakt summasining ko'pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
Bunda ta'lim krediti:
- OTM talabalari uchun – talabalar to'g'risidagi ma'lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo'lganda;
- professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun – o'quvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar “Professional ta'lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo'lganda ajratiladi.
2024/2025 o'quv yili boshlangungacha ta'lim krediti olish uchun arizalarni “Ta'lim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
SPORT YULDUZLARI ULAR BUGUN URGANCH OLIMPIA VA PARALIMPIA
personmaftuna 30-10-24, 13:44Sportga sog‘lik garovi, tinchlik elchisi deya ta’rif beriladi. Chindan ham kimki, sport bilan shug‘ullanibdi, har doim...
FUQARONING MUOMALA LAYOQATI
personmaftuna 21-02-24, 04:11O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga asosan, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik...
ОИЛАГА ВА ОИЛА МУҲИТИГА БЎЛГАН ҲУҚУҚ
personmaftuna 26-03-24, 01:32Давлат ногиронлиги бўлган болаларнинг оилага ва оила муҳитига бўлган ҳуқуқларини таъминлаш, ихтисослаштирилган...