Kuzatuvchi » Siyosiy » MANFAATLAR TO'QNASHUVI NIMA? VA MANFAATLAR TO'QNASHUVIDA RAG’BATLANTIRISH TARTIBI BORLIGI HAQIDA BILARMIDINGIZ?

MANFAATLAR TO'QNASHUVI NIMA? VA MANFAATLAR TO'QNASHUVIDA RAG’BATLANTIRISH TARTIBI BORLIGI HAQIDA BILARMIDINGIZ?

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi  qonuni qabul qilingan.           

          Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat;

          Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma (bundan buyon matnda maxsus bo‘linma deb yuritiladi) — davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari (va) yoki kadrlar bo‘linmalari;

          Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

          Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining faoliyatidagi manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish chog‘ida shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

          Manfaatlar to'qnashuvini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanadi.

           Qabul qilingan qonunga ko’ra 2024-yil yakunida “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirildi.

            Manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini ta'minlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:

  • davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi holatlari bo'yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;
  • Ø  Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo'yicha ko'rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.

           2024-yil oktabrda manfaatlar to'qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari tasdiqlandi.

          “O'zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-210-son, 05.06.2024-y.) qabul qilindi.

          Qarorga ko'ra, “Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida”gi Qonuni (Qonun) bilan o'rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

         Qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

         Komissiya 2024-yil 1-iyulgacha bo’lgan davr mobaynida qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro'yxatini shakllantirdi. 

          Qonun kuchga kirganidan keyin quyidagilar ta'minlanadi:

  • har chorakda Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari kesimida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holatlar tahlil qilinishi, bunday holatlar ko'paygan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo'lmaydigan choralarni belgilash uchun tegishli taqdimnomalar kiritilishi;
  • har yarim yilda manfaatlar to'qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan choralar Respublika idoralararo komissiyasi yig'ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib borilishi.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИ БЕҲУДА САРФЛАНИШИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ТИЗИМИ

personmaftuna 25-08-25, 02:58
0 ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИ БЕҲУДА САРФЛАНИШИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ТИЗИМИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Ёқилғи-энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланиш ва беҳуда сарфланишининг олдини олиш ҳамда энергия самарадорлигини...

XODIMNING HUQUQLARI

personmaftuna 26-09-24, 01:55
0 XODIMNING HUQUQLARI

Mehnat Kodeksining 21-moddasiga muvofiq, xodim quyidagi huquqlarga ega: mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda...

NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN

personmaftuna 28-06-24, 08:44
0 NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN UNDIRILADI?

Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish...

menu
menu