ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDAGI UMUMIY MULKI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ?
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23-moddasiga asosan er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Shuningdek, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi.
Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat'i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi. Xususan, er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra, notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlashda avtomashina egasining turmush o'rtog'ining roziligi talab etiladi.
Quyidagi hollarda esa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:
- nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;
- meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo'yicha olingan;
- nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo'lsa;
- er-xotin o'rtasidagi mulkni bo'lish to'g'risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo'lsa.
A.DUSCHANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ТАЛАБА ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЎҚИШДАН ЧЕТЛАТИЛАДИ ?
personmaftuna 30-09-24, 16:09Ҳукуматнинг 20.06.2017 йил кунги 393-сон қарорига кўра, талабалар қуйидаги ҳолларда ўқишдан четлатилади. ўз хоҳишига...
INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI NIMA ?
personmaftuna 28-06-24, 23:47O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid...
BOLA O‘LIK TUG‘ILGANDA QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATI KANDAY?
personmaftuna 30-09-24, 22:56Bolaning o‘lik tug‘ilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat ichida shu muassasa joylashgan erdagi FHDYo...