KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VIRTUAL AKADEMIYASI” ELEKTRON PLATFORMASI (VIRTUAL AKADEMIYA)
2024-yil 21-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-228-sonli qarori qabul qilindi
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirib borishning keng qamrovli tizimini joriy etish maqsadida: 2025-yil 1-yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo'lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko'nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
- davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yuritish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.
Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Agentlik hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tomonidan amalga oshiriladigan bo’ldi.
Virtual akademiyada o‘qitish quyidagi kontingent uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv dasturlari asosida olib boriladi:
- aholi, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
- ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
- davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatchilari);
- davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.
A.DUSCHANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KRIPTO AKTIVLARINI NOQONUNIY SOTIB OLISH UCHUN MA’MURIY
personmaftuna 05-03-24, 07:3719.01.2024-yildagi OʻRQ-899-son qonuni bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....
YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U
personmaftuna 14-05-24, 02:06Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida; -...
САҚЛАНИШИ ТАҚИҚЛАНГАН ЁВВОЙИ ҲАЙВОНЛАРНИ САҚЛАГАНЛИК УЧУН
personmaftuna 01-09-25, 02:12Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-1019-сон, 16.01.2025 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга...