YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U BIRIKTIRILGAN MAHALLADAGI XONADONLAR SONIGA MUTANOSIB RAVISHDA QUYIDAGICHA BELGILANGAN
Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
- xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada —mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;
- xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.
Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi ham berilgan.
Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.
Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilaraipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya ham berilishi belgilab qoʻyilgan.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERUVCHILARNI HIMOYA QILISH
personmaftuna 16-12-24, 11:12Koreyaning “Clean Portal” platformasi tajribasi asosida “O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida xabar berishning...
“YOSHLAR DAFTARI” HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
personmaftuna 01-05-24, 01:29“Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llab-quvvatlashga, bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji...
BOLALAR SARATONI BO'YICHA XALQARO AKADEMIK XAB TASHKIL
personmaftuna 07-06-25, 20:502025-yil 1-iyulgacha “Elektron sog'liqni saqlash” axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan...