Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLARNING EKOLOGIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH

FUQAROLARNING EKOLOGIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida “O‘zbekistonning yagona xalqi mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishi va e’lon qilishi" belgilandi.

Har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchi axborotga ega bo‘lish huquqi mustahkamlangan. 

Davlat:

  • fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
  • barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi.

Vazirlar Mahkamasi atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlariga hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.

 

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOTIB QO‘YILSA QAYTA IMTIHON

personmaftuna 12-12-24, 03:40
0 HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOTIB QO‘YILSA QAYTA IMTIHON TOPSHIRILADIMI?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 58, 59 va 60 bandlarida milliy haydovchilik...

DAM OLISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI

personmaftuna 24-01-24, 18:16
0 DAM OLISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI

Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin...

TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA

personmaftuna 02-06-24, 03:50
0 TOʻQIMACHILIK, CHARM-POYABZAL VA ELEKTROTEХNIKA MAHSULOTLARI UCHUN EKSPORT NARХLARI NAZORAT QILINADI

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2024 - yildagi “Respublikada toʻqimachilik, charm-poyabzal va elektrote х nika...

menu
menu