DAM OLISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI
Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.
Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:
- ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
- har kungi (smenalar oralig‘idagi) dam olish;
- dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
- ishlanmaydigan bayram kunlari;
- har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari;
- xodimning istagiga ko‘ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo‘sh bo‘lgan qo‘shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.
Xodimning qonunchilik bilan kafolatlangan dam olish huquqini cheklaydigan, shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan dam olish vaqtining davomiyligini qisqartirishni nazarda tutadigan jamoa kelishuvlarining, shuningdek jamoa shartnomasining va ish beruvchining boshqa ichki hujjatlarining qoidalari, mehnat shartnomasining shartlari haqiqiy emas.
Rafiq G‘ULOMOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI
personmaftuna 22-01-24, 19:20Prezident 16.01.2024-yilda OʻRQ-896-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi...
.KREDIT TASHKILOTLARI VA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI
personmaftuna 08-08-25, 14:51“Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI
personmaftuna 30-05-24, 10:56Nogironligi bo‘lgan shaxslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan...