DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATISH TARTIBI QANDAY?
Davlat hisobidan yuridik yordam — belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq to‘liq yoki qisman davlat hisobidan ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam.
Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar:
Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
1) kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
- fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
- ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
- ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
- jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;
2) ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
3) o‘z huquqlari buzilgan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
4) O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish quyidagi hollarda rad etiladi:
davlat hisobidan yuridik yordam olish to‘g‘risidagi ariza yoki davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rov Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Qonuni talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
davlat hisobidan yuridik yordam olish to‘g‘risidagi ariza jismoniy shaxsning vakili tomonidan uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, jismoniy shaxs va uning vakili o‘rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmasdan berilganda;
psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi psixiatriya muassasasining jismoniy shaxsga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi mavjud bo‘lmaganda;
xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi bilan bog‘liq ish sudda ko‘rib chiqilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lmaganda;
jismoniy shaxs (uning vakili) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot mavjud bo‘lganda;
jismoniy shaxsga ilgari fuqarolik ishlari yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha ayni o‘sha taraflar o‘rtasidagi nizo yuzasidan ayni o‘sha predmet to‘g‘risidagi va ayni o‘sha asoslar bo‘yicha huquqiy himoyaning barcha vositalari qo‘llanilgan holda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa (bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hollari mustasno).
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish rad etilgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi davlat hisobidan yuridik yordam olish to‘g‘risida ariza bergan jismoniy shaxsni yoki davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqida so‘rov yuborgan vakolatli organni (mansabdor shaxsni) rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabardor qiladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish rad etilganligi ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
BOLALAR BOGʻCHALARI DIREKTORLARI SERTIFIKATLANADI
personmaftuna 19-09-24, 07:14O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi" Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori...
ҲАФТАНИНГ ҲАР ПАЙШАНБА КУНИ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ КУНИ
personmaftuna 30-01-25, 01:38“Ёшларнинг спорт билан мунтазам шуғулланиши учун қўшимча шарт-шароитлар яратиш тўғрисида”ги Президент қарори...
“YOSHLAR DAFTARI” JAMG‘ARMALARI MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH
personmaftuna 28-09-24, 16:44O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston...