Kuzatuvchi » Siyosiy » “YOSHLAR DAFTARI” JAMG‘ARMALARI MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH

“YOSHLAR DAFTARI” JAMG‘ARMALARI MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son  qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tumanlardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomga asosan,  Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari: tegishli hududning qo‘shimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga: Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendar rejada belgilangan mahalla, sektor, tuman va hudud darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni moliyalashtirishga, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga mo‘ljallangan yengil turdagi kichik kutubxonalar va sport obyektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga, mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun ajratilgan xizmat xonalarini moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlashga, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilishi belgilangan.

Tuman “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari: “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining  4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning o‘quvchi farzandlari uchun bir kalendar yilida bir marotaba maktab formasi hamda o‘quv qurollari uchun xarajatlarini qoplash, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hamda tengdoshlari orasida namuna ko‘rsatgan faol yoshlarning mamlakatimiz bo‘ylab turizm obyektlariga sayohatlari uchun mehmonxona va yo‘l xarajatlarini qoplab berish va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

XODIMNING MEHNAT SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH HUQUQI

personmaftuna 08-12-24, 13:18
0 XODIMNING MEHNAT SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH HUQUQI

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda...

САВОЛ БЕРИНГ ЖАВОБ БЕРАМИЗ

personmaftuna 31-07-24, 03:09
0 САВОЛ БЕРИНГ ЖАВОБ БЕРАМИЗ

Меҳнат дафтарчам маълум сабабларга кўра йўқолган. Мен қандай пенсияга чиқсам бўлади? Меҳнат дафтарчаси ёки электрон...

BO'SH TURGAN DAVLAT KO'CHMAS MULK OBYEKTLARIDAN SAMARALI

personmaftuna 20-06-25, 13:45
0 BO'SH TURGAN DAVLAT KO'CHMAS MULK OBYEKTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TASHKIL ETILADI

Hukumat qarori (247-son, 21.04.2025-y.) bilan “Bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini xatlovdan o'tkazish va...

menu
menu