ISHNI TA'LIM BILAN BIRGA OLIB BORUVCHI XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida o'qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o'tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta'limini o'tayotgan xodimlarga ish va o'qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida tahsil olib, o'quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo'yicha o'rtacha ish haqi saqlangan holda o'quv ta'tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o'zga kafolatlar beriladi.
Mehnat shartnomasi bo'yicha ta'lim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotganlarga yillik mehnat ta'tillarini ish beruvchi, ularning xohishiga ko'ra, bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to'g'rilab berishi shart.
Umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional, oliy ta'lim tashkilotlarida, kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida (kurslarida) mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda o'qiyotgan, ishga yangi qabul qilingan xodimlar uchun, agar ular o'z yillik mehnat ta'tillarini bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga moslashtirishmoqchi bo'lsa, ularning xohishiga ko'ra, yillik mehnat ta'tili mazkur ish beruvchidagi mehnat faoliyatining olti oyi tugaguniga qadar beriladi.
Kirish imtihonlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan xodimlarga oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarini topshirish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi, ta'lim tashkilotlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.
Ishni o'qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta'lim olayotganda beriladi. Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi ta'lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o'rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta'lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.
Ishni bir vaqtning o'zida ta'lim faoliyatini amalga oshiruvchi ikki tashkilotdagi o'qish bilan birga olib borayotgan xodimga faqat ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga ko'ra) olayotgan ta'limi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.
Mehnat kodeksining 383-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan o'quv ta'tili ish stajiga qo'shib hisoblanadi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ҲАЙВОНОТ ДУНЁСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ БЎЙИЧА БИОТЕХНИК ТАДБИРЛАР
personmaftuna 25-08-25, 02:31Ҳукумат қарори (31-сон, 22.01.2025 й.) билан “Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва ундан оқилона фойдаланиш бўйича...
“АТРОФ-МУҲИТНИ АСРАШ ВА “ЯШИЛ ИҚТИСОДИЁТ” ЙИЛИГА
personmaftuna 25-08-25, 02:44“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга оширишга оид давлат дастури...
МАХСУС ИҚТИСОДИЙ ВА САНОАТ ЗОНАЛАР ФАОЛИЯТИ САМАРАДОРЛИГИ
personmaftuna 24-08-25, 18:33“Махсус иқтисодий ва саноат зоналари фаолиятининг самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги...